O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi — Akademik Litseyi

Bizning litsey xalqaro va milliy taʼlim standartlariga mos, ilmiy va maʼnaviy taʼlimni uyg‘unlashtiradi. O‘quv dasturimiz ilmiy yo‘nalishlar, diniy-maʼrifiy fanlar va kasbiy tayyorgarlikni o‘z ichiga oladi.

Batafsil

Litsey haqida

Akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 6-maydagi 224-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universiteti rektorining 2000-yil 20-iyundagi 01-25-sonli buyrug‘iga asosan Toshkent islom universiteti qoshidagi akademik litsey maqomi berilgan.

Akademik litsey 2018-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 16-apreldagi Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-iyundagi “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab quvvatlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tuzilmasi tarkibiga kiritilib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi nomi berilgan.

Akademik litsey – yangi turdagi o‘quv muassasi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga muvofiq, Davlat ta’limi standartlariga mos ravishda faoliyatini ko‘rsatadi.

Hozirgi vaqtda litseyda 264 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda va ularga 30 ga yaqin malakali o‘qituvchilar ta’lim bermoqda. Shu bilan birga, ta’lim jarayoniga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari jalb qilingan.

Litseyda “Aniq fanlar”, “Ijtimoiy-gumanitar” va “Xorijiy filologiya” yo‘nalishlari bo‘yicha chuqur bilim olish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O‘quv xonalari zamonaviy o‘quv-texnik vositalari bilan jihozlangan.

Darslar turli fanlarga ixtisoslashgan xonalarda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib boriladi. Barcha o‘quv xonalari kompyuter, videoproyektor va televizorlar bilan jihozlangan.

O‘quvchi yoshlarning mustaqil ta’lim olishlari uchun akademik litsey axborot resurs markazida yetarlicha o‘quv va badiiy adabiyotlar hamda elektron nushalari mavjud.

Akademik litseyda doimiy ravishda o‘quvchi yoshlarni xalqimizning urf-odatlari, an’analari va tarixiga bo‘lgan hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga yo‘naltirilgan bir qator tadbirlar o‘tkazilib boriladi.

Akademik litsey
Akademik litsey binosi

Rahbariyat

Rashidov Firuz Tuygunovich

Rashidov Firuz Tuyg‘unovich

Ijrochi direktor

Muxitdinova Sayyora Xolmuradovna

Muxitdinova Sayyora Xolmuradovna

O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Qarshiyev Shohruh Anvar o‘g‘li

Qarshiyev Shohruh Anvar o‘g‘li

Yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Mahmudov Umidjon O‘rinboy o‘g‘li

Mahmudov Umidjon O‘rinboy o‘g‘li

Chet tillari bo‘yicha direktor o‘rinbosari

Nega aynan bizning litsey?

  • Yuqori sifatli ta’lim — Davlat ta’lim standartlariga to‘liq moslashtirilgan o‘quv dasturlar
  • Malakali o‘qituvchilar — ko‘p yillik tajribaga ega pedagoglar va O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi professor-o‘qituvchilari
  • Zamonaviy jihozlangan o‘quv xonalari — kompyuterlar, videoproyektorlar, televizorlar va boshqa texnik vositalar
  • Chuqurlashtirilgan ta’lim yo‘nalishlari — “Aniq fanlar”, “Ijtimoiy–gumanitar”, “Xorijiy filologiya”
  • Boy kutubxona va axborot resurs markazi — o‘quv va badiiy adabiyotlar, elektron resurslar
  • Tarbiya va ma’naviyat — o‘quvchilarning shaxs sifatida kamol topishi, ijtimoiy faolligi va to‘g‘ri qadriyatlarini mustahkamlashga xizmat qiladi

Qabul yo‘nalishlari

Oʻzbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi — Akademik Litseyi. Quyida qabul yoʻnalishlari va kirish imtihonlari keltirilgan.

Xorijiy filologiya — Arab tili (o‘zbek guruh)

  • Ona tili va adabiyot — test
  • Ingliz tili — test
  • IQ — test

Xorijiy filologiya — Ingliz tili (o‘zbek guruh)

  • Ingliz tili — test
  • Ona tili va adabiyot — test
  • IQ — test

Ijtimoiy-gumanitar (2 — o‘zbek guruh)

  • Tarix — test
  • Ingliz tili — test
  • IQ — test

Aniq fanlar (2 — o‘zbek guruh)

  • Matematika — test
  • Ingliz tili — test
  • IQ — test
📝 Maksimal umumiy ball
146
IQ
20 × 1.1 = 22
1-fan (asosiy)
20 × 3.1 = 62
2-fan (qo‘shimcha)
20 × 3.1 = 62

Yuqoridagi hisob-kitob misol uchun — yakuniy baholash qoidalari qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Galereya

Aloqa

Biz bilan aloqa

📍

Manzil

Toshkent sh.
Samarqand Darvoza koʻchasi, 60A-uy

📧

Email

info@litsey-iiau.uz

📞

Telefon

+998 71 244-83-07

Qayta aloqa